Endilikda Teslani bitkoinga ham sotib olsa bo‘ladi

  • 13:45 / 25.03.2021
  • 89

Ilon Mask endilikda Tesla elektromobillarini Bitkoin orqali to‘lov qilib, sotib olish mumkinligini e’lon qildi. 

Ta’kidlanishicha, hozircha ushbu to‘lov usuli faqat AQSh mijozlari uchun mavjud, boshqa mamlakatlarda esa yil oxirigacha joriy etiladi.

Tesla e’lonidan so‘ng, kripto-valyuta kursi o‘sishni boshlab, yana 55 ming AQSh dollaridan oshib ketdi.