Eng ko‘p paxta tergan oilalarga “Spark” berildi

  • 09:59 / 10.10.2019
  • 613

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Do‘stlik” ovul fuqarolar yig‘inida o‘n kunda oila a’zolari bilan 8 tonnaga yaqin paxta tergan Gulhumor Ro‘zimova, ikkinchi hududdan Qonliko‘l tumani “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inidan 8 tonnadan ortiq paxta tergan Jiyengul Eshanova oilasi, uchinchi hududdan Nukus tumani “Kerder” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan 7 tonna 146 kilogramm paxta tergan Ikrambay Atashovlar oilasiga “Spark” avtomashinasi berildi.

Nukus tumanidagi “Baqanshaqli” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Rustam” fermer xo‘jaligida “O‘n kunda eng ko‘p paxta tergan oila” tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, birinchi hududdan Beruniy tumani “Do‘stlik” ovul fuqarolar yig‘inidan o‘n kunda oila a’zolari bilan 8 tonnaga yaqin paxta tergan Gulhumor Ro‘zimova, ikkinchi hududdan Qonliko‘l tumani “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inidan 8 tonnadan ortiq paxta tergan Jiyengul Eshanova oilasi, uchinchi hududdan Nukus tumani “Kerder” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan 7 tonna 146 kilogramm paxta tergan Ikrambay Atashovlar oilasi g‘olib bo‘lib, har biri “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, o‘n kun davomida 5 tonna 599 kilogramm paxta tergan “Oqmang‘it” posyolka fuqarolar yig‘inidan To‘reboyevalar oilasi muzlatkich;
4 tonna 803 kilogramm paxta tergan mazkur posyolka fuqarolar yig‘inidan Yusupovalar oilasi gaz plitasi;
2 tonna 571 kilogramm paxta tergan “Oqterak” ovul fuqarolar yig‘inidan Genjabaevalar hamda 2 tonna 445 kilogramm paxta tergan “Baqanshaqli” ovul fuqarolar yig‘inidan Uzoqbergenovlar oilasi zamonaviy televizor bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan shu yilning 27-sentabrdan 7-oktabr oralig‘ida “O‘n kunda eng ko‘p paxta tergan oila” tanlovi uchta hudud bo‘yicha e’lon qilingan edi. Birinchi hududda To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo tumanlari, ikkinchi hududda Taxiatosh, Xo‘jayli, Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot tumanlari, uchinchi hududda Nukus, Kegeyli, Chimboy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak tumanlaridan 172 oiladan 504 terimchi qatnashdi. Ular tomonidan 500 tonnaga yaqin paxta terildi.

photo5255821217955425208.jpg