Eng mashhur tugmali telefonlar

  • 12:10 / 19.12.2016
  • 29028

Bugun turli vaqtlarda ishlab chiqilgan har xil telefon modellarini bir joyga jamlashga qaror qildik. Ushbu mobil telefonlar uyali aloqa tarixidagi o‘ziga xos bir davrni ifodalaydi.

Balki ushbu fotosuratlar orasida sizning birinchi telefoningiz ham bordir?

Motorola DynaTAC – eng birinchi mobil telefon hisoblanadi. U 1973 yilda chiqarilgan bo‘lib, o‘z ixtirochisi tomonidan ilk qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Rossiyada mobil telefon orqali ilk qo‘ng‘iroq Anatoliy Sobchak tomonidan 1991 yilning 9 sentabr kuni amalga oshirilgan. Nokia Mobira MD59’ning og‘irligi 3 kilogramm bo‘lib, qiymati 1900 dollarni tashkil qilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola MicroTAC yoki xalq tili bilan aytganda “g‘isht” telefon 90-yillarning eng mashhur mobil uskunalaridan biri. Narxi o‘sha paytlarda 2500-3000 dollarni tashkil qilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
SH-100 – Samsung’ning birinchi mobil telefoni 1988 yilda chiqarilgan. Bundan tashqari u Koreyada ishlab chiqarilgan ilk telefondir.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Ericsson T68 – panelida “Sony Ericsson” yozuvi paydo bo‘lgan ilk telefon sanaladi.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola StarTAC – “yopiluvchi” ilk uyali telefon. 1996 yilda chiqarilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Siemens S10 – rangli displeyga ega bo‘lgan birinchi telefon. 1996 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Apparat diktofonga ham ega bo‘lgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia Communicator – 1996 yilda chiqarilgan ilk kommunikatorlar sinfi. 
Foto: Hi-tech.mail.ru
Philips Spark 1997 yilda taqdim etilgan bo‘lib, quvvatlantirmagan holda 350 soatgacha ishlashi mumkin bo‘lgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola M3788 – 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshidagi eng ommabop mobil telefoni. 
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 8110 – 1997 yilda chiqarilgan eng birinchi “slayder”lardan. “Matritsa” filmi sabab mashhur bo‘lib ketgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Siemens S10 Active – himoyalangan korpusga ega bo‘lgan birinchi mobil telefon. 1998 yilda taqdim etilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Benefon Twin – ikki SIM-karta ishlatilishi mumkin bo‘lgan birinchi telefon. 1999 yilda chiqarilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
LG 200 – kompaniyaning eng ommalashgan telefonlaridan biri. 2000 yilda chiqarilgan bo‘lib, og‘irligi 80 gramm bo‘lgan. Uskunada MP3-pleyer va kamera bo‘lgan. Qiymati 4000 dollargacha baholangan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 7110 – WAP protokoliga ega bo‘lgan birinchi telefon. “Faol slayder” bilan ajralib turgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Benefon ESC – GPS ishlatilishi mumkin bo‘lgan ilk telefon. 2000 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Ericsson T20 – Internet Times texnologiyasiga ega bo‘lgan birinchi telefon. 2000 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Sony J5 – polifoniyali ilk uyali telefon. 2000 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Siemens A35 – 2000-yillar boshidagi ommabop model. 2000 yilda ishlab chiqarilgan. Wi-Fi, Mp3, JAVA, musiqalar muharriri, kamera, polifoniya – o‘sha davr uchun eng zamonaviy telefon.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Sharp J-SH04 – ichki qismiga kamera joylashtirilgan ilk telefon. 
Foto: Hi-tech.mail.ru
Siemens SL45 – 2000 yilda ishlab chiqilgan telefon MP3-pleyer va xotira kartasiga ega bo‘lgan ilk uskuna.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Samsung SGH-A400 – ayollar uchun ishlab chiqarilgan birinchi maxsus telefon. 2001 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Siemens SL45i – Java’ni qo‘llash mumkin bo‘lgan ilk telefon. 2001 yilda paydo bo‘lgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola V70 – “rotator” form-faktoridagi ilk uyali telefon apparati. 2002 yilda chiqarilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola RAZR V3 – ajoyib dizayn sabab mashhur bo‘lib ketgan telefon. “Yopiluvchi” uskuna o‘ta ingichka profilga hamda metall plastinali klaviaturaga ega bo‘lgan. 2004 yilda chiqarilgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Motorola E398 – kompaniyaning eng mashhur telefonlaridan biri. Ikkita juda kuchli stereo-dinamikka ega bo‘lgan. 2004 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 6200 – EDGE’da ishlashi mumkin bo‘lgan ilk uyali telefon. 2002 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 3210 – tarixdagi eng omadli telefonlardan biri. Shunday uskunalarning 160 million nusxasi sotilgan. Ichki o‘rnatilgan antennaga ega bo‘lgan birinchi qurilma. 1999 yil.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Nokia 3310 – bu ham eng ommabop telefonlardan biri. 2000 yilda Nokia 3210’ni alishtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Yuqori chidamlik va qulayligi tufayli uskuna juda mashhur bo‘lib ketgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Teglar