Eng reytingbop seriallar to‘plami bilan tanishing

  • 14:35 / 25.05.2020
  • 787

Biz televideniye, odamni chulg‘ab oluvchi drama, chuqur ta’sirlantiruvchi seriallar va dahshatdan cho‘chituvchi triller asrida yashayapmiz. Zamonaviy fan-texnika rivojlanib borgani sari filmlarning ta’sir doirasi, sifati tamomila takomillashib bormoqda. Ushbu maqolada eng mashhur, televideniye tarixida eng reytingbop seriallar haqida ma’lumot beramiz. Ularni onlayn ravishda tomosha qilishingiz mumkin.
 
“Barcha mashaqqatlar bilan” (Во все тяжкие)

Og‘ir kasalliklar, qotilliklar, aviahalokatlar, sotqinlik, g‘aroyib dekoratsiya, esda qoluvchi dialoglardan iborat serial “Barcha mashaqqatlar bilan” tomoshabin diqqatini oxirigacha saqlab turadi. Syujet markazida oilaparvar odamdan jinoyatchiga aylanib qolgan Uolter Uayt (Brayan Krenston) turadi. Personajning bunday o‘zgarishi uchun esa vaqt talab etiladi. Serial ijodkorlari bosh qahramon savollariga sinchkovlik bilan har bir mavzuga alohida yondashgan.
 
“Taxtlar o‘yini” (Игра престолов)

Katta byudjet va chegarasizlik “Taxtlar o‘yini”ning ikkita kalitini tashkil qilgan. Bahosi qimmat turli effektlar, jang sahnalari, qaytarilmas syujetlar serialni boyitgan. “Taxtlar o‘yini” qurbonlik, qotillik, siyosiy o‘yinlarga liq to‘la. Dunyo fikrini ikkiga bo‘lgan kulminasityaga qaramay ushbu serial tomoshabinlar xotirasida uzoq saqlanadi.
 
“Do‘stlar” (Друзья)

“Emmi”, “Oltin globus” mukofoti sovrindori “Do‘stlar” seriali eng yaxshi komedik seriallar tarixiga kirgan. Serial olti nafar do‘stlar va ularning romantik munosabatlari haqidadir. Serialda o‘sha davrning mashhur aktyorlari Bred Pit, Denni De Vito, Syuzen Saranton va Vaynona Rayderlar ishtirok etishgan.
 
“Chernobil”

Похожее изображение

Tarixda yuz bergan eng dahshatli halokatlardan birini rejissyor Kreyg Mazin va uning jamoasi haqiqiy emotsional, ta’sirli serial qilib ko‘rsatgan. “Chernobil” fojiasining asoratlari va u bilan kurashish tafsilotlari filmning asosini tashkil qiladi. Balki shu sababli mazkur serial reytingdan tushmay kelyapti.
 
“Proslushka”

Sobiq jurnalist Devid Saymon ekran qarshisidan uzoqlashmay tomosha qilish mumkin bo‘lgan serial yaratdi. Ushbu serial diqqat-e’tibor tortadi, personajlarning his-tuyg‘ulari sabab yuqori baholanadi. Baltimorda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy o‘yinlar, “yomon” politsiyachilardan iborat jamoaning hayoti serial syujetini boyitgan.
 
“Sherlok”

Sherlok Xolms ko‘p va xo‘p gapirish mumkin bo‘lgan qahramondir. Sherlok buyuk ishlarning sirini ochadi, yordamchisi Vatson esa ularni tarixda qolishi uchun qayd qilib boradi. Benedikt Kamberbetch va Martin Friman buyuk Sherlok va Uotsonlar ro‘yxatidan joy oladi.