Eng xavfli jinoyatchilarga mo‘ljallangan Alkatras qamoqxonasi hozirgi ko‘rinishi

  • 12:10 / 21.03.2017
  • 16838

1963 yilning 21 mart kuni Alkatras orolidagi eng xavfli jinoyatchilarga mo‘ljallangan o‘ta kuchli himoyaga ega qamoqxona yopildi. Unda amerikalik eng mashhur jinoyatchi Al Kapone ham yetti yillik jazo muddatini o‘tagan. Sakkiz yildan so‘ng orol “Oltin darvozalar” milliy dam olish hududi bir qismiga aylandi va keyinchalik sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Ko‘pchilikning fikricha, qamoqxona o‘z faoliyatini olib borgan o‘ttiz yil davomida undan hech kim muvaffaqiyatli ravishda qochib keta olmagan, biroq aslida buni uddalagan besh nafar mahbus yakunda baribir topilmagan. 2003 yilda “Afsonalarni buzuvchilar” ko‘rsatuvi mualliflari o‘z tajribalari bilan qochish ssenariylaridan birini takrorlashdi va u muvaffiyatli yakun topishi mumkinligini isbotlashdi.

Turli yillar davomida mashhur qamoqxona haqida ko‘plab filmlar olingan – masalan, bosh rolni Klint Istvud ijro etgan “Alkatrasdan qochish” mahbuslardan biri Frenk Morris voqeasi asosida suratga olingan. Shuningdek Shon Konneri va Nikolas Keyj ishtirokidagi “Qoya” filmi voqealari ham Alkatrasda kechadi.

Sayyohlar Alkatrasda panjalari yonida selfi qilishadi, o‘tgan davr haqida hikoya qiluvchi fotosuratlarni olishadi. Quyida ushbu kadrlarni e'tiboringizga havola etamiz.