Eng xavfli shirinliklar bilan tanishmisiz?

  • 15:37 / 20.11.2019
  • 1940

Shifokor-diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Lyudmila Zotova eng xavfli shirinliklarni ma’lum qildi.

Ro‘yxat bilan tanishing

•  Ro‘yxatning birinchi o‘rniga yog‘da qovurilgan shirinliklar – ponchik, chak-chak va shirin bo‘g‘irsoqlarni kiritish mumkin. Bu shirinliklar yetakchiligini mutaxassis tarkibida shakar moddasining ko‘pligi bilan izohlamoqda. 
•  Keyingi o‘rinni xamirturushdan tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari egallab turibdi. 
•  Shohsupaning uchinchi o‘rnidan shokoladli batonchalar, kremli tortlar joy olgan.  

Shirinlik zarar ekanligini qanday aniqlash mumkin?

Diyetologning fikricha, shirinlik tarkibi qancha mukammal bo‘lsa, u shuncha ko‘p sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqsilli va sutli shirinliklar juda zararli. Chunki ularning tayyorlanishida xom tuxum oqsilidan foydalaniladi. 

Foydalisi bormi?

Diyetolog-shifokor foydali shirinliklarni ham qayd etib o‘tgan. Shifokor marmelad, zefir, achchiq shokolad, murabbo va asalni hech qo‘rqmasdan iste’mol qilishni tavsiya qilmoqda.