“Eng yaxshi film” uchun “Oskar”ga nomzodlar soni ko‘payadi  

  • 11:44 / 16.06.2020
  • 660

 “Oskar” mukofoti tashkilotchilari 2020-yildan keyin “Eng yaxshi film”ga nomzod filmlar soni 10 taga yetkaziladi va kelgusida ham shu miqdor saqlab qolinadi, deya xabar bermoqda Independent nashri. 2010-yilda kartinalar sonini 1940-yildan beri ilk bor beshtadan o‘ntagacha oshirish haqida qaror qabul qilingan edi. 2012-yildan esa asosiy kategoriyadan beshdan o‘ntagacha kartina tanlash tavsiya etildi. “Joriy yilda bu mukofotga 8ta kinoasar loyiq deb topilgan bo‘lsa, biz uning sonini 10 tagacha yetkazishga majbur emasmiz”, deya tushuntirdi Kinoakademiyaning ijrochi direktori Bryus Devis.

Ishning yangi standartlari, shuningdek, ayollar va turli irqdagi insonlar sonini ikki baravar oshirishni ham ko‘zlagan. Bu borada yakuniy natijalar 31-iyul kuni ma’lum qilinadi. “Biz muayyan muvaffaqiyatlarga erishdik, biroq hamma nomzodlarga birdek imkoniyatni kafolatlash uchun yana ancha ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Hozir bu masala bilan shug‘ullanish juda ham muhim”, – deyiladi Kinoakademiya bayonotida.