Eng yaxshi smartfonlar reytingi e'lon qilindi

  • 15:08 / 07.10.2019
  • 1135

AQSh Iste’molchilar ittifoqining Consumer Reports nashri mutaxassislari dunyodagi eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, iPhone 11 Pro Max smartfoni o‘tkazilgan test natijalarida 95 ball bilan birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Ikkinchi o‘rinni iPhone 11 Pro (92 ball), uchinchi o‘rinni – Samsung Galaxy S10 + (90 ball) egalladi. 
Apple’ning eng yangi smartfoni – iPhone11 89 ball to‘plab, sakkizinchi o‘rinni egalladi va iPhone XS’ni ortda qoldirdi.

Ekspertlar reyting yetakchilarining avtonomligini yuqori baholadilar. Masalan, iPhone 11 Pro Max’ning ishlash vaqti 40,5 soatgacha davom etdi. Bundan tashqari, mutaxassislarga smartfon kamerasi ham ma’qul keldi va u chidamlilik sinovlaridan munosib ravishda o‘tdi.