Eng yaxshi sun’iy hovuzlarga ega dam olish maskanlari 

  • 15:18 / 08.08.2019
  • 758

Sayyohlarning eng sevimli dam olish turlaridan biri hashamatli sun’iy hovuz yonida dam olish hisoblanadi. Dunyodagi mehmonxona va dam olish maskanlari doim tashrifchilarga eng yaxshi hordiq maskanini taklif etish  uchun bir-biri bilan raqobatlashadilar. 

Suzish hovuzlari allaqachon yangi bosqichga chiqib boʻlgan. Bugun ular hatto mehmonxona tomiga ham joylashtiriladi. Ana shunday gʻaroyib dam olish maskanlari eʼtiboringizga havola etiladi. 

Marina Bay Sands, Singapur

Marina Bay Sands tomida dunyodagi eng katta sun’iy hovuz joylashgan. Ellik yettinchi qavatdan shahar manzarasini kun botayotgan vaqtda tomosha qilish naqadar ajoyib.

Marina Bay Sands

The Joule, Dallas

The Joule mehmonxonasining 10-qavatida shisha toʻsiqlarga ega sun’iy hovuz joylashgan. 

The Joule

Casa Chameleon Hotel Las Catalinas, Kosta-Rika

Casa Chameleon Hotel Las Catalinas mehmonxona majumuasi 21 ta villa binolarini oʻz ichiga olgan. Ulardan har birida dengiz suviga ega xususiy sun’iy hovuzlar bor. Mehmonlar xushmanzara joylarni tomosha qilishlari mumkin. 

CASA CHAMELEON AT LAS CATALINAS

Ladera Resort, Santa-Lyusiya

Ladera Resort majmuasi Karib dengizida dengiz sathidan 300 metr balandlikda joylashgan.  Jami xonalar, jumladan standartlari ham shaxsiy dam olish hududlari bilan jihozlangan. Ayrimlarida hatto gʻaroyib argʻimchoqlar ham bor.

Ladera Resort Saint Lucia

Four Seasons Resort Maui, Gavayi orollari 

Four Seasons mehmonxonasida  Lanay oroli va Gʻarbiy Maui togʻlariga qaragan sun’iy hovuzda turib, bunday hordiqdan zavq olish mumkin. Bundan tashqari, bu yerda hatto suvosti musiqa tizimi ham oʻrnatilgan. 

Four Seasons Resort Maui Wailea

Montage Laguna Beach, Kaliforniya

Mosaic Pool sun’iy hovuzi quyosh shaklidagi mozaika koʻrinishida terib chiqilgan, atrofi palma daraxtlari bilan oʻrab olingan. Uning ortida esa cheksiz Tinch okeani joylashgan. Gʻaroyib joy! 

Montage Laguna Beach

The Mulia – Nusa Dua, Bali
Oasis — Balidagi okeanga qaragan eng uzun sun’iy hovuz. Uni turli mahsulotlarni boshida koʻtarib yuradigan balilik ayollar haykali oʻrab turadi. Ushbu anʼana ildizi ming yillarga borib taqaladi. 

The Mulia Nusa Dua

Amangiri, Yuta shtati

Toʻrt yulduzli Amangiri mehmonxonasida joylashgan sun’iy hovuz sahro oʻrtasidagi vodiy kabi koʻrinadi. U 165 million yildan beri mavjud boʻlgan qoya atrofida qurilgan. 

Amangiri

Avliyo Regis Deer Vodiysi, Park-Siti, AQSH

Avliyo Regis Deer Vodiysi dam olish maskani tashrifchilar uchun yil boʻyi ochiq, qish faslida esa uning jozibasi yanada ortadi. Uosatchning oppoq qorli togʻlariga qaragan, ikki qavatli isitiladigan sun’iy hovuz mehmonlar xizmatida. 

The St. Regis Deer Valley

Rosewood Bermuda, Bermud orollari

Rosewood Bermuda dam olish uchun ikkita gʻaroyib joy bor. Ulardan birortasini tanlash juda murakkab. Shuning uchun sayyohlarga barcha qulayliklardan maksimal darajada foydalanish taklif etiladi.

Rosewood Bermuda