Yerdagi eng xavfli joylar

  • 07:22 / 16.02.2019
  • 5502

Zilzilalar, suv toshqinlari, to‘fonlar: bir necha xayriya tashkilotlarini birlashtirgan Bündnis Entwicklung Hilft nemis jamiyati tomonidan tuzilgan jahon reytingi sayyoraning qaysi mintaqasida tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lish xavfi yuqori ekanini ko‘rsatadi, deya xabar bermoqda Der Spiegel.

Rur universiteti professori Katrin Radtke  boshchiligidagi ilmiy tadqiqotchilar 171 mamlakat ma'lumotlarini o‘rganishdi. «Tahlil vaqtida olimlar nafaqat statistikaga muvofiq mamlakatlarda tabiat hodisalari sabab yuz beradigan halokatlar, balki ushbu mamlakatlar ana shu kabi favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklariga ham ahamiyat berishdi», - deya xabar bermoqda nashr muallifi.

«Ofatlar xavfi bir tekisda taqsimlanmagan, u eng avvalo orol mamlakatlar va Okeaniyadagi foyda darajasi past yoki o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar, Osiyo va Markaziy Amerikaga to‘g‘ri keladi», - deya yozishmoqda tadqiqotchilar o‘z ma'ruzalarida.

«Ma'ruzaga muvofiq, infratuzilma hal etuvchi omil sanaladi. Axir, yo‘l va aeroportlar yetarli bo‘lgandagina odamlar xavfsiz joyga, qutqarish xizmatlari esa halokat hududlariga yetib boradilar. Tabiiy halokatlar holatida barqaror elektr tarmoqlari, toza ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik, shifoxona va shifokorlarning yetarli miqdori ham odamlar hayotini saqlab qoladi», - deyiladi maqolada.

«Reytingning eng yuqorisida Tinch okeani orollari -  Vanuatu va Tonga joylashgan. Bu esa u yerlarda tabiiy ofatlar vaqtida o‘lish xavfi eng yuqori ekanini anglatadi. Zilzilalar, suv toshqinlari va to‘fonlar mintaqa uchun ayniqsa katta xavf tug‘diradi. Filippin ham ulardan ko‘p aziyat chekadi. U yerda odamlar vulqonlar otilishi va  yer o‘pirilishiga tayyor turishlari lozim. Markaziy Amerika, G‘arbiy va Markaziy Afrika, shuningdek, Janubi-sharqiy Osiyo ham ayniqsa xavfli hisoblanadi», - deya xabar beradi nashr.

Reytingga ko‘ra, eng xavfsiz joy Qatar ekani aniqlandi. Malta va Saudiya Arabistoni uchun ham halokatlar xavfi kam.

BMTning so‘nggi ma'ruzalaridan birida aytilishicha, dunyodagi tabiiy ofatlar soni keskin ortgan. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekologik xavflar soni ortdi, deya xabar bermoqda Der Spiegel.

 

 

Teglar