Eron kompaniyasi Namangan mevalarini dunyo bozoriga olib chiqadi

  • 14:55 / 18.12.2019
  • 94

Foto: Namangan viloyat hokimligi

Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov Eronning Alifard kompaniyasi rahbari Fardin Alizad bilan uchrashuv o‘tkazdi va uchrashuv davomida mevani qayta ishlash, dunyo standartlariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bemroqda.

Sunich, Sherissa brendlari ostida meva sharbatlari, konsentratlar, siroplar ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya o‘z mahsulotlarini Yevropa, Shimoliy Amerika bozorlariga eksport qiladi. 

“Bundan o‘n kun avval Londonda UzInvest forumida ishtirok etgandik. O‘zbekiston vakillari bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida gaplashgandik. Bizni bir narsa xursand qildi. London forumidan ko‘p vaqt o‘tmay bugun Namanganda loyihalarimizni muhokama qilmoqdamiz. Maqsadimiz Namanganning sof tabiiy, sarhil mevalarini dunyo bozoriga olib chiqish. Shaftoli, o‘rik, olma, gilos va boshqa mevalarni qayta ishlovchi zavod qurish niyatidamiz. Bu zavod mahsulotlari asosan eksportga yo‘naltiriladi”, dedi Fardin Alizard.