Eronda bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni rekord darajaga yetdi

  • 16:24 / 04.04.2020
  • 627

Eronda so‘nggi bir sutkada koronavirus infeksiyasidan 158 kishi vafot etdi. Bu mamlakat uchun rekord sanaladi, deb xabar bermoqda News 18 nashri Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Kianush Jahanpurga tayanib.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda mamlakatda 55,743 kishi virus yuqtirgan, 3,452 kishi vafot etgan.

Eron Yaqin Sharqda pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekayotgan davlat hisoblanadi.

Oldinroq Eron harbiy generali koronavirusdan vafot etgani va parlament spikerida ham ushbu virus aniqlangani haqida xabar berilgandi