Eronda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani rasman e’lon qilindi

  • 17:30 / 03.04.2021
  • 61

Prezident Hasan Ruhoniy koronavirus mamlakatning ikki hududida keng tarqalayotganini va bu bilan pandemiyaning  to‘rtinchi to‘lqini boshlaganini rasman qayd etdi. 
Biroq u COVID-19'ning to‘rtinchi to‘lqini qaysi hududlarda boshlanganiga aniqlik kiritmagan.

“Afsuski, to‘rtinchi to‘lqin ikki viloyatda boshlandi va agar biz qoidalarga amal qilmasak, koronavirus hududlari kengayadi”, dedi Ruhoniy.

2021-yil 1-aprel kuni mamlakatda 11 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Bu 2020-yil dekabridan beri rekord ko'rsatkichdir.