Ertadan boshlab Galaxy Note 10 smartfoni 70 ta mamlakatda sotuvga chiqariladi

  • 12:20 / 22.08.2019
  • 711

Samsung Electronics juma kuni o‘zining yangi Galaxy Note 10 smartfonini 70 ta davlatda sotishni boshlaydi. Bu haqda korporatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Fablet 23-avgustdan boshlab Janubiy Koreya, AQSh, Evropa mamlakatlari, Rossiya, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoda sotuvga chiqariladi. Sentyabr oyida ushbu ro‘yxat 130 mamlakatgacha kengayadi”, deyiladi xabarda.

Samsung Electronics kompaniyasining ma’lumotlariga ko'ra, 9-avgust kuni mamlakatning uchta yetakchi uyali aloqa operatorlari yangi smartfonga oldindan buyurtmalarni qabul qila boshladilar, ularning sotuvi 23-avgust kuni boshlanadi. “Janubiy Koreyada Galaxy Note 10 ga oldindan buyurtmalar soni bir milliondan oshdi va ularning umumiy soni 1,3 millionga yetdi, bu 2018-yilda chiqarilgan Note 9 modelinikidan ikki baravar ko‘p”, deyiladi xabarda.