Ertadan "Sariq" va "Yashil"  hududlarda ayrim faoliyat turlariga ruxsat beriladi 

  • 13:24 / 21.05.2020
  • 335

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22-mayidan boshlab "Sariq" va "Yashil" toifaga kiritilgan hududlarda:

– ochiq sayilgoh,
– muzey,
– san’at galereyalari

faoliyatini yo‘lga qo‘yishga Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq ruxsat beriladi. 

O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarn tana haroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.