Ertaga Markaziy Osiyo va Rossiya TIV rahbarlari Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

  • 12:07 / 20.05.2020
  • 184

 Ertaga, 21-may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlisda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari ishtirok etadi.Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlari uchinchi uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashish, Afg‘onistondagi vaziyat, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari hamda koronavirus pandemiyasi oqibatlarining oldini olishda hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida Tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tgandi.