Ertaga Toshkentdagi ba’zi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

  • 13:24 / 05.09.2021
  • 249

Dushanba, 6-sentabr kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha bir necha ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

- Qumariq ko‘chasi Qumariq 7-tordan TXAYgacha bo‘lgan oraliq 3-aeroport maydonigacha bo‘lgan qismi;

- Beshyog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq;

- Bobur, Nukus, Afrosiyob, I.Karimov, Sh.Rashidov, A.Navoiy va A.Temur hiyoboni oldi ko‘chalarida harakat cheklanadi.