Esdalik oltin va kumush tanga narxlari yana o‘zgardi

  • 15:41 / 29.05.2020
  • 323

O‘zbekiston Markaziy banki qimmatbaho esdalik tangalarning yangi narxini ma’lum qildi.  Unga ko‘ra, 2020-yil 29-maydan amaldagi esdalik oltin tanga narxi arzonlashgan, kumush tanganing narxi esa 5 ming so‘mga qimmatlashdi.

Ya’ni:  
1 ta oltin tanga narxi – 17 mln. 900 ming so‘m; 

(200 ming so‘mga arzonlashdi. Avvalgi narxi 18 mln. 100 ming so‘m).

1 ta kumush tanga narxi – 351 ming so‘m; 
(5 ming so‘mga qimmatlashdi. Avvalgi narxi 346 ming so‘m)

Ma’lumot uchun, esdalik tangalari har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi esa 999,9 ga teng. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-mayidan amaldagi esdalik oltin tanga va kumush tanganing narxi qimmatlashgan edi.