“Eski do‘st yaxshiroq…”: nima uchun doimiy mijozlarni ushlab qolish kerak

  • 13:08 / 25.03.2020
  • 143

Biz biznes yangi mijozlar orttirish bilan shakllanadi, deb ko‘p eshitganmiz. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar bu usulni foydani ko‘paytiruvchi asosiy yechim, deb bilishadi va amaliyotda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishadi. WithWine onlayn-platformasi tahlilchilari xizmatlarni taklif qilishda faqat yangi mijozlarga ishonib qolmaslikni maslahat berishadi. Ularning fikricha, eng muhim mijozlar sizdan doimiy ravishda narsa xarid qiluvchi, mahsulotingizdan ko‘ngli to‘lib haqini to‘lovchi va yana kelishga tayyor bo‘lgan kishilardir. WithWine’ning sotish bo‘yicha mutaxassislari doimiy mijozlarning yangi mijozlardan afzalligini isbotlovchi 5 sababini aytishadi. 
  
Yangi mijozlarni jalb qilish doimiylariga xizmat qilishga qaraganda qimmatga tushadi. Iste’molchilarni jalb qilish marketing xarajatlarini o‘z ichiga oladi, ammo reklama aksiyalari mijozlar sonining ko‘payishini kafolatlamaydi. “Marketingove pokazateli” – “Marketing ko‘rsatkichlari” kitobi mualliflarining ta’kidlashlaricha, doimiy xaridorlar tovarning 70 foizini sotib olayotgan holatda, potensial xaridorga sotish ehtimoli 13 foizni tashkil qilar ekan. Biznes-tahlilchi Adam Toporek esa quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Yangi mijoz doimiy mijozga qaraganda 16 barobar qimmatga tushadi. Bu uning xarajatlari doimiy mijozlar xarajati darajasiga yetgunicha davom etadi”.

Doimiy mijozlar biznes rivojlanishiga ko‘maklashadi
Zamonaviy bozorda brendni targ‘ib qilishning eng samarali usullaridan biri og‘zaki targ‘ibotdir.  Mijozlarning fikr-mulohazalari, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini yoki kosmetik vositalarni tanlashda qiynalayotgan xaridorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday iste’molchilar uchun bu yoki u mahsulot boshqalarga yoqqanini bilish juda ham zarur. Xuddi shu sababga ko‘ra ham oniy xaridorga ko‘ra doimiy mijozlar brendga sezilarli foyda keltirishadi. Ular o‘zlarining tavsiyalariga ko‘ra, 50 foizdan ko‘proq iste’molchilarni jalb qila olishadi. Agar bunga do‘stlarining maslahati bilan mahsulotga e’tibor beruvchilar soni qo‘shilsa bormi, doimiy mijozlarning bines rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan kuch ekanligi ko‘rinib qoladi.

Image result for Постоянные клиенты помогают в развитии бизнеса

Sodiq mijozlar ko‘proq sarflashadi 
Sodiq mijozlar nafaqat tez-tez buyurtma berishiga, balki o‘rtacha chekni oshirishiga ko‘ra ham daromad keltirishadi. Bain&Co tadqiqotlari har beshinchi sotuvning narxi birinchisiga qaraganda 40 foizga ko‘tarilishini, har o‘ninchi buyurtma esa birinchisiga qaraganda 80 foizga qimmatlashini bildirgan.  Tadqiqotchilar vino do‘konidagi mahsulot sotish jarayonini misol tariqasida olishgan: agar birinchi xarid mijozga 360 dollarga tushsa, beshinchisi uchun 504 dollarga, o‘ninchisi uchun esa 648 dollarga ko‘tariladi. Oxirgi ko‘rsatkichga erishmoq uchun savdo nuqtasiga 2 ta yangi mijoz kerak bo‘ladi.  Doimiy mijoz esa bu daromadni 1 xaridning o‘zida olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, doimiylik kasb etgan xaridlardan keluvchi daromad oradan 2,5 yil o‘tgach birinchisiga qaraganda o‘rtacha 67 foizga ortadi.
  
Doimiy xaridorlar asosiy aylanmani shakllantiradi 
Statistikaga ko‘ra, agar mijoz sizning mahsulotingizni 3 marta xarid qildimi, demak u yana qaytadi. Bu esa yangi mijoz xarididan 54 foizga ko‘pdir. Ana shu sababga ko‘ra, sodiq mijozlar kompaniyaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, brend foydasining 40 foizi doimiy mijozlarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, xaridorlarining 40 foizi doimiylik kasb etgan   kompaniyalar doimiy mijozlari 10 foiz bo‘lgan boshqa kompaniyalarga qaraganda 50 foiz ko‘proq daromad olishar ekan. Bundan tashqari, tadqiqot sodiq mijozlarning 1 foizi boshqalarga qaraganda 5 baravar ko‘proq xarajat qilishini tasdiqlagan.

Похожее изображение

Doimiy mijozlar maqsadli auditoriyani aniqlashga yordam beradi
Doimiy mijozlarning ustunligini ta’kidlovchi sabablar orasida statistika va daromadlar bilan bog‘liq bo‘lmagan yana bitta muhim jihat bor.  WithWine tahlilchilari ular tadbirkorlarga o‘z bizneslarini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadi, deb hisoblashadi. Xaridorlar qayerda yashaydi, qaysi jinsda va necha yoshda, qaysi faslda qanday mahsulotlarni ko‘proq sotib oladi, marketing aksiyalarining qay biri ularga ko‘proq ta’sir qiladi va nima sababdan ular aynan sizning brendingizni tanlagan? Mana shu ma’lumotlarning umumiy tahlili xaridorlar nazdida kompaniyaning manzurligini oshirishga aynan nima asos bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Doimiy mijozlar tajriba almashish orqali brendning samarali savdo strategiyasi shakllanishiga va potensial iste’molchilarni sodiq auditoriyaga aylantirishga yordam beradi.