Eski iPhone’lar internetdan uziladi

  • 12:21 / 05.11.2019
  • 3068

Foto: RIA Novosti

Apple kompaniyasi o‘z mijozlarini eski iPhone va iPad’lar dushanbadan boshlab internetga ulanish imkoniyatidan uzilishi haqida ogohlantirdi.

Qurilmani yangilash kerak
 

Tarmoqda qolish uchun 2012-yilgacha ishlab chiqarilgan eski gajetlarga 10.3.4 yoki 9.3.6 raqamli muhim yangilanishlarni o‘rnatish kerak bo‘ladi.

Korporatsiya eski qurilmalarda o‘rnatilgan GPS modullari global pozitsiyalarni aniqlovchi sun’iy yo‘ldoshni qayta ishga tushirish tufayli noto‘g‘ri ishlashi mumkinligi sabab shunday qarorga kelgan.