Yevropadagi maftunkor maskanlar

  • 14:24 / 06.03.2015
  • 5099

XABARDOR.UZ - Yevropadagi bu maskanlarni ko‘rish, albatta, shart. To‘g‘ri, Yevropada bo‘lgan kishi faqat shu joylarni ko‘rish bilan cheklanishi mumkin demoqchi emasmiz, lekin mamlakatlar bo‘ylab sayohatni aynan mana shu joylardan boshlash maqsadga muvofiq. 

Morkote, Shveytsariya

Morkote Shveytsariyaning Italiyaga yaqin bo‘lgan qismidagi xushmanzara Lugano ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan. Shaharcha italyan jozibasi va shveysar musaffoligini o‘zida mujassamlashtirgan.

Amsterdam, Gollandiya

Amsterdam shahridagi kanallar shu darajada maftunkorki, qayiqqa o‘tirib shahar ichra sayohat qilsangiz bahri dilingiz ochiladi. 

Svidnitsadagi Mir cherkovi, Polsha

Svidnitsadagi bu cherkov 1656 yilda Polsha janubi-g‘arbidagi Sileziyada bunyod etilgan uchta cherkovdan biridir. Tashqi ko‘rinishidan u oddiy uyga o‘xshaydi, lekin ichki bezaklari kishini hayratga soladi.

Karkasson, Fransiya

O‘rta asr shahri bo‘lgan Karkassonda qal'a va ibodatxona bo‘lib, u ikki qator devor bilan o‘ralgan. Bu yerda o‘zingizni xuddi “Taxtlar o‘yini” serialiga tushib qolgandek his etasiz.

Praga kurantlari, Chexiya

Praganing qadimiy shahar maydonida joylashgan bu 600 yillik astronomik soat har soatda bong urib, sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. 

Appensell, Shveytsariya

An'anaviy Shveytsariyani tomosha qilishni istasangiz, Appensellga boring. Bu shaharcha aholisi hali-hanuz qadimiy urf-odatlar asosida yashaydi va an'anaviy kiyim kiyadi.

Cheski-Krumlov, Chexiya

Vltava daryosi sohilidagi Cheski-Krumlov shahri XIII asrda qurilgan bo‘lib, o‘z arxitekturasini saqlab qolgan. Shahar qal'asidan butun shahar manzarasini tomosha qilish mumkin.

Venadagi “Demel”, Avstriya

“Demel” sayyohlar kam tashrif buyuradigan joy hisoblanadi, lekin bu yerda siz haqiqiy Vena qahvaxonasi muhitiga guvoh bo‘lasiz. Mazali tort yoki pirojniyga buyurtma berib, qandolatchilarning ishlashlarini tomosha qilib o‘tirishingiz mumkin.

Sankt-Peterburgdagi Spasa-na-Krovi ibodatxonasi, Rossiya

Mazkur ibodatxona 1881 yilda Aleksandr IIga suiqasd qilingan joyda bunyod etilgan (cherkov nomi aynan shu voqea bilan bog‘liq). Ibodatxonaning tashqi va ichki bezaklari kishini maftun etadi.

Chinkve-Terre, Italiya

Chinkve-Terredagi milliy parkka qayiqda kelasiz (avtomobillar bu yerga kiritilmaydi). Park uncha katta bo‘lmagan beshta baliqchilar qishlog‘idan iborat bo‘lib, bu yerdagi manzarani ta'riflashga til ojiz.

Granadadagi Algambra, Ispaniya

Algambra ajoyib bog‘lar va boy arxitekturaga ega bo‘lib, musulmon madaniyati ta'siri sezilib turadi. Bu yerda sayr qilish kishiga zavq bag‘ishlaydi. 

Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi, Turkiya

Avliyo Sofiya ibodatxonasi Vizantiya va Usmoniylar imperiyalari uchun cherkov va masjid vazifasini o‘tagan bo‘lib, hozirda muzeyga aylantirilgan. Uning gumbazi va cherkovning ko‘rinishi kishini hayratga soladi.

Antibdagi “Hotel du Cap-Eden-Roc”, Fransiya

Fransiyadagi Lojuvard sohilda joylashgan “Hotel du Cap-Eden-Roc” o‘zining lazzatli taomlari, chiroyli nomerlari va manzarali basseyni bilan badavlat sayyohlarning e'tiboriga tushgan. 

 Shvangaudagi Noyshvanshtayn qal'asi, Germaniya

Bavariya qiroli Lyudvig II istiqomat qilgan Noyshvanshtayn qal'asi XIX asrda qurilgan bo‘lib, Shvarsvald o‘rmonlari orasida joylashgan. Bu yerga kelsangiz o‘zingizni ertak ichiga tushib qolgandek his qilasiz.

Lagushdagi Praya da Dona Anna plyaji, Portugaliya

Dunyodagi eng chiroyli plyajlardan biri Portugaliyadagi Lagush shahrining janubiy qismida joylashgan Praya da Dona Anna plyajidir. Manzara haqiqatan go‘zal: zilol suv, yumshoq oq qum va xushmanzara qoyalar.

QIZIQARLI RUKNLAR: TURFA OLAM / SAYoHAT / BILASIZMI? / IJOD

Teglar