Yozuvchi tang ahvoldan qanday chiqib ketadi? Ernest Xeminguey qoidasi

  • 06:32 / 10.11.2014
  • 4991

Kichik maqola yozasizmi yoki 500 sahifali romanmi — farqi yo‘q. Ba'zan ikki qator yozish ham juda qiyin bo‘ladi. Toza qog‘ozga yoki bo‘sh ekranga tikilib o‘tiraverasiz, o‘tiraverasiz, yarim soat vaqt o‘tib ketganini sezmay qolasiz.

Tikilib o‘tirishdan esa foyda yo‘q

Ernest Xemingueyning ijod bilan bog‘liq tang ahvoldan chiqib ketishda bir qoidasi bor edi. Bu qoida uning tinmay yozishiga yordam berardi.

Xeminguey daho yozuvchi edi! Lekin ba'zan unda ham ijodiy inqiroz kuzatilardi. Bunday holatlada u qanday yo‘l tutardi? Bilishga qiziqyapsizmi? Unda maqolaning davomini o‘qing.

“Ba'zan, yangi voqeani boshlay olmaganimda, kamin yoniga o‘tirib, olovning ko‘k tillari gurillab yonishiga tikilib, apelsin po‘chog‘ini tashlayman. Turib, Parij tomlariga qarayman-da, o‘zimga: “Tashvishlanma. Avval yozgansan va yozishda davom etasan. Asosiysi — bitta haqiqiy gap yozish”, deyman.

Har qanday voqea — hajmidan qat'i nazar, u kitob bo‘ladimi yoki hikoyami — bitta haqiqiy gapdan boshlanishi kerak. Keyingi gal ekran qarshisida tang holatda o‘tirganingizda, quyidagi ko‘rsatmalarni eslang:

1. Muhim biron narsa haqida o‘ylang.

2. Bitta arzirli gap yozing.

3. O‘quvchilaringizga shu gapga asoslanib qiziq voqeani aytib bering.

Bittagina gap yozgach, qanday boshlashni o‘ylashni bas qilasiz. Buning o‘rniga voqeani qanday hikoya qilishni o‘ylay boshlaysiz, bu esa bo‘sh ekranga anqayib o‘tirgandan yaxshiroq, to‘g‘rimi?

 

Siz hikoya qilgan voqeani tanqid qilishlari mumkin, lekin bu muhim emas. Bu sizning voqeangiz, siz o‘quvchining qo‘lidan tutib, voqealar ichiga olib kirishingiz va ko‘rsatishingiz mumkin, chunki siz yozayotgan voqea — muhim. Shunchaki bitta arzirli gap topishingiz kerak.

Teglar