Fabregas “Arsenal”dan nega ketganini ochiqladi

  • 08:21 / 26.03.2020
  • 105

“Arsenal”ning sobiq sardori Sesk Fabregas nega 9 yil oldin klubdan ketganini ochiqladi. Bu haqda Goal xabar berdi.
“Men sardor edim, shu bois menga ko‘p bosim tushganini his qilganman. Jamoani biror narsa yutish uchun yetaklashim kerak edi. Men borimni berdim. Ba’zan yutqazganimizdan keyin uyga qaytib yig‘lardim” deydi ispaniyalik yarim himoyachi.
“Jabr ko‘rishga odatlandim, kechalari uyqusizlikdan azob chekardim. Biror o‘yinni yutqazganimizdan keyin avtobusda kayfiyatim yo‘q o‘tirardim, ba’zi futbolchilarning kulayotgani, keyin qayerga borishi haqida o‘ylayotganini aytishadi. O‘sha paytlarda Robin van Persi va Samir Nasri ruxiy va texnik jihatdan mening saviyamda edi” qo‘shimcha qilgan Fabregas.
Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger ispaniyalik futbolchini 2003-yilda “Barselona” akademiyasidan olib kelgan. U “Arsenal” tarixida debyut o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylangan.