Facebook foydalanuvchilari audio xabarlarini tinglash uchun pudratchilarga pul to‘lagan

  • 09:05 / 14.08.2019
  • 49

Facebook foydalanuvchilarning audio xabarlarini tinglash uchun yuzlab pudratchilarga pul to'lagan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Pudratchilar kompaniyaga tegishli ilovalar foydalanuvchilarining ovozli xabarlarini shifrdan ochishgan.

Xabarlarga ko'ra, Facebook bu haqda o'z foydalanuvchilarini ogohlantirmagan.

Aytib o'tilganidek, kompaniya tinglash faktini tasdiqladi.

Shu bilan birga, Facebook xabarlari tinglangan foydalanuvchilar bunga rozilik bildirishganini qayd etdi.

Avvalroq Facebook ommaviy axborot vositalariga ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarni joylashtirish uchun yiliga 3 million dollar taklif qilgandi.