Facebook shaxsiy yangiliklar ruknini yaratish ustida ish olib bormoqda 

  • 01:12 / 10.08.2019
  • 50

Foto: TASS

Facebook bir qator Amerika OAVlariga oʻz materiallarini yangiliklar ruknida joylashtirishni taklif etgan. Evaziga kompaniya yiliga 3 million dollar miqdorida toʻlov toʻlaydi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Nashr tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, ABC News, The Washington Post, Bloomberg va The Wall Street Journal nashriyotchisi Dow Jones ana shunday taklifni qoʻlga kiritgan. Nashrlardan qay biri hamkorlikka rozi boʻlgani maʼlum emas.

Manba maʼlumotlariga koʻra, Facebook kuzda yangiliklar ruknini ishga tushirmoqchi. Ijtimoiy tarmoq va OAVlar oʻrtasidagi kelishuv uch yilga tuzilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Facebook rahbari Mark Sukerberg aprel oyida “ishonchli manbalardan olingan sifatli kontentga ega” alohida yangiliklar ruknini yaratish haqida aytib, “biznes-model va uni qoʻllab-quvatlash uchun ekotizim” yaratishni qayd etgandi.

Teglar