Facebook va Instagram Yevropada video sifatini pasaytiradi

  • 13:32 / 24.03.2020
  • 90

Facebook hamda Instagram kompaniyalari internet orqali video taqdim etadigan boshqa provayderlarga qo‘shilib, Yevropa mamlakatlarida o‘z videolarining sifatini pasaytirmoqda. Kompaniya uyda ishlayotgan millionlab insonlar uchun zarur bo‘lgan ko‘hna qit’adan yuklanadigan videolarning megabaytini kamaytirdi. Bu esa videolar sifati yomonlashishiga olib keladi.

O‘tgan haftada Yevropa Ittifoqi videoplatforma yetkazib beruvchilarga videolar megabaytini kamaytirish taklifi bilan chiqqandi. Netflix, YouTube hamda Apple allaqachon bu ishni amalga oshirdi. Endi Facebook hamda Mark Sukerberg kompaniyasi ham ularga qo‘shildi. 

Facebook kompaniyasining bu harakatidan so‘ng Yevropada videolar ochilishi uchun kam megabayt sarflanadi, biroq uning sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Buni mashhur “Apple TV+” misolida ham ko‘rishimiz mumkin.