Facebook’da Prezident nomidan profil ochib, odamlardan pul undirgan shaxs qo‘lga olindi

  • 11:08 / 24.03.2021
  • 134

Facebook’da O‘zbekiston prezidenti nomidan soxta profil ochib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari qilib ko‘rsatgan va bu orqali odamlardan pul undirgan shaxs qo‘lga olindi.

U soxta profil orqali yozishmalar olib borgan va fuqarolarga turli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatilishini va’da qilib, aldab ulardan 50 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan.

2021-yil 5-fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tezkor tadbir o‘tkazilib, ushbu harakatlarni Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 40 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlanib, telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Ayni vaqtda fuqaro M.M. ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.