«Facebook'dagi ikkinchi odam»: Eduardo Saverin bugun nima bilan band?

  • 06:24 / 12.04.2019
  • 3682

Milliarder Eduardo Saverin Mark Tsukerberg bilan birga dunyoning eng faol ijtimoiy tarmog‘i boshida turgan va o‘tgan 15 yil ichida hanuz "Facebook'dagi ikkinchi odam" yorlig‘idan qutula olmagan. Yetti yil sukut saqlagan ishbilarmon o‘zining ikkinchi imkonini nimada ko‘rmoqda? Forbes shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Eduardo Saverin Singapurdagi Land Tower biznes markazida sakkiz qavatni band qilgan ofisiga tashrif buyurgan mehmonlarni qarshi olar ekan, doim unga birinchi bo‘lib beriladigan savol qaysi bo‘lishini yaxshi biladi. Bu, albatta, Facebook bilan bog‘liq savol bo‘ladi. Dunyoga mashhur ijtimoiy tarmoqning 37 yoshli hammuassisi nafaqat dunyoning eng yosh milliarderlaridan biri (Forbes uning boyligini 9,5 mlrd dollarga baholaydi) sanaladi, balki pop-madaniyatning haqiqiy qahramoni hamdir. Devid Fincherning taniqli "Ijtimoiy tarmoq" filmida Facebook'ning yaratilishi haqidagi filmda uni Hollivud yulduzi Endryu Garfild o‘ynagan.

Oxirgi marta Saverin 2011 yilda, AQSh fuqaroligidan voz kechib, Singapurga ko‘chib o‘tganida axborot maydonida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Ommaviy axborot vositalari uni o‘z vatanida 700 million dollar soliq to‘lashdan qochganlikda gumon qilishdi, ammo ishbilarmon emigratsiyaning bu versiyasini inkor qildi. U Mark Tsukerbergning sobiq hamkori yorlig‘idan qochdi va endi u uchun asosiysi - dunyoga yangi Eduardo Saverinni namoyon qilish. U endi "birov"ning ijtimoiy tarmog‘i hammuassisi emas, jahon investitsiya bozori oliy ligasiga kirishga tayyor shaxsiy "B Capital" venchur fondining asoschisidir.

"B Capital"ga u 2015 yilda sherigi Raj Ganguli bilan asos solgan. 360 million dollar hajmidagi fond (bunda Saverinning ulushi ma'lum qilinmadi) texnologik startaplar orasidagi obektlarni izlamoqda.

Fondning raqiblaridan ustuvor jihati - geografik tobe'likning yo‘qligi. "B Capital"ning 30 nafar xodimi Kaliforniya (San-Fransisko va Los-Anjyeles), Nyu-York va Singapurdan ishlaydi. Yana bir kuchli tomoni — Boston Consulting Group (BCG) konsalting giganti bilan eksklyuziv hamkorlik, bu Saverin va Ganguli portfelidagi kompaniyalarga ekspertiza va keng ko‘lamli mijozlar bazasiga chiqish imkonini beradi. Va nihoyat, "B Capital" rahbariyatiga so‘nggi vaqtlarda Apple va Box kabi korporatsiyalarda ishlash tajribasiga ega bir necha menejyer keldi. Bularning bari fond asoschilarining bozorning yirik o‘yinchilari qatoriga qo‘shilishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

 Singapurga maftun

2012 yilda Mark Tsukerberg Facebook'ning birjaga chiqqanini nishonlaganda va NASDAQ'da savdolar boshlanganini tantanali ravishda ma'lum qilgan vaqtda boshqa yarim shardagi Eduardo Saverinni hech kim yodga olmadi. U startapdan 2005 yilda hammuassis maqomida ketdi, maqsad - kelgusi bir necha yilda ijtimoiy tarmoqning 53 million aksiyasini saqlab qolish. 2009 yilda Saverin Singapurga ko‘chib o‘tdi, Amerika fuqaroligidan esa 2011 yilda voz kechdi. Bu vaqt u OAVda muhokamalarda paydo bo‘lib turdi — nashrlarda uning Bentley mashinasi, klublarga tashrifi va ba'zan bir tunda 50 ming dollarni qayd etuvchi barlardagi qirollik hisob-kitoblari muhokama markazida bo‘ldi.

Yillar o‘tgach ishbilarmon mutlaqo boshqa hikoyani so‘zlab berdi. Saverin Braziliyaning San-Paulusida dunyoga kelgan, lekin Floridada voyaga yetgan. Xususiy maktabda ta'lim olgach, Harvard universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirgan va uchinchi kursda Mark Tsukerberg bilan tanishib qolgan. Saverin Facebook'dan keyin o‘zini boshqa startaplarda sinab ko‘rgan va oxir-oqibat Singapurda to‘xtagan. Osiyoning shahar-davlatiga u dastlab do‘stining biznesini yuritishda yordam berish uchun kelgan, biroq keyin ortga qaytmagan — ishbilarmon Singapurga bir ko‘rishdayoq maftun bo‘lgan, biroz vaqt o‘tib singapurlik Eleyn bilan uchrasha boshlaydi va keyinchalik unga uylanadi. Juftlik aslida AQShda tanishgan — Eleyn Massachusets shtatidagi Tafs Universitetida o‘qigan.

"Singapur — men kabi texnologiyalar fanati uchun ajoyib joy. Boz ustiga bu yerga sayyoraning ko‘p nuqtalaridan uzog‘i bilan besh soatda uchib kelish mumkin", - deydi Saverin. U avvalgidek soliq javobgarligidan qochmagani, shunchaki sevimli shahridan qo‘nim topishni istagani ta'kidlaydi.

Bugunga kelib ishbilarmon uni dunyoga tanitgan kompaniya haqida yomon gapirmaydi, aksincha, o‘tmishi bilan faxrlanishini aytadi. Saverin deyarli 2 foizlik paketi bilan kapitalizatsiyasi 500 milliard dollarga yaqinlashayotgan kompaniyaning eng yirik xususiy aksiyadorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Biroz avvalgi intervyularida u hatto Tsukerbergning strategiyasini maqtagan: "U misli ko‘rilmagan ko‘lam va qiymatdagi biznesni yo‘lga qo‘ydi hamda uning yanada rivojlanishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda".

Facebook hammuassisi hatto sobiq sherigiga o‘z o‘g‘lining texnologik tarbiyasini ishonib topshirishga tayyor. Forbes jurnali muxbiri undan o‘g‘li Facebook'dan foydalanish yo foydalanmasligi haqida so‘raganida, ishbilarmon shunday javob bergan: "O‘ylashimcha, u hozircha ro‘yxatdan o‘tish uchun haddan tashqari kichik, lekin voyaga yetgach, ehtimol, unga buning foydasi tegar".

Harvarddan boshlangan do‘stlik

Saverin uni milliarder qilgan Facebook IPO'sidan bir necha yil o‘tib venchur investitsiyalar bilan shug‘ullana boshladi: "B Capital"ga 2015 yilda asos solingan. Raj Ganguli operativ boshqaruv masalalarini o‘z zimmasiga oldi, uning nomdor sherigi esa salohiyatli investitsiyalar obektlaridan tushgan arizalarni nazorat qiladi va fondning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari hamda Hindistondagi strategiyasini boshqaradi. "Odamlar bu yerga kelgach, rok yulduzini kutishadi, u esa shunchaki stol atrofida o‘tirib, ular bilan muvaffaqiyat imkoni haqida suhbatlashadi", - deydi Ganguli.

U Saverin bilan Harvarddan, universitet qoshidagi biznes-maktabda o‘qib yurgan paytlaridan beri do‘stlashadi, 2012 yildan esa Singapurda qo‘shma loyihalarni yuritadi. Ularning 80 million dollarlik ilk Velos Partners fondi asosan iste'molchi bozoriga yo‘naltirilgan edi. 2015 yilda esa "B Capital" konsepsiyasi yaratildi.

"B Capital" portfeliga qarasangiz — bu esa 20 ga yaqin investitsiya, fondning yo‘nalishini tushunish oson. Saverin va Ganguli Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi savdo-sotiq va logistika sohalaridagi kompaniyalarni ma'qul ko‘rishadi. Ularning vazifasi — Kremniy vodiysi gigantlari e'tiboriga tushmagan loyihalarni topish. Shuningdek, ular mahalliy bozorlar spetsifikasini yaxshi bilishadi.

"Xatolar doim bo‘ladi, ulardan darhol to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganing. Zarurat tug‘ilsa, uzr so‘rang va imkon qadar boshqa bunday xatoni takrorlamaslikka harakat qiling", - deydi investor yosh ishbilarmonlar avlodiga.

Teglar