Farg‘onada Prezident maktabi qurilishi yakunlanmoqda 

  • 13:20 / 28.03.2021
  • 77

Farg‘ona viloyati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezident maktabida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanihdi. 

Ikki gektardan ziyod maydonda barpo etilayotgan, 168 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan ushbu muhtasham o‘quv dargohi binosida o‘quv xonalari, laboratoriyalar, kutubxonalar, yotoqxona, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.


Sport zallari, suzish havzasi va sport maydonchalari eng yuqori xalqaro standartlarga uyg‘un shaklda bunyod etilmoqda va jihozlanmoqda, maktab hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari zamon talablari darajasida tashkil etilmoqda. 

Viloyat hokimi jarayonlarni tez va sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.