Farg‘onadagi avtohalokatda  yo‘lovchi vafot etdi

  • 11:08 / 26.03.2020
  • 479

Joriy yilning 25-mart kuni Farg‘ona tumani hududida haydovchi F.F. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobilning chap oldi shinasi yorilib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan o‘tib ketgan. Natijada, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi X.K. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.  Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Xabardor.uzga ma’lum qildi.

To‘qnashuv oqibatida “Nexia” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1992-yilda tug‘ilgan B.M. olgan tan jarohati og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan. “Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi F.F. va yo‘lovchisi M.Q.lar shifoxonaga yotqizilgan.