FIFA prezidenti Jahon chempionati bahslarini har ikki yilda o‘tkazish taklifiga munosabat bildirdi

  • 13:25 / 13.10.2021
  • 135

FIFA prezidenti Janni Infatino Jahon chempionati bahslarini har ikki yilda bir marta o‘tkazish imkoniyatlari borasida gapirdi. 

“2026-yilgi jahon chempionati 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilishi allaqachon hal qilingan. Ammo nufuzli musobaqa bahslari har ikki yil yoki to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladimi hozircha muhokama qilinmoqda. 

Menimcha, jahon chempionati bo‘ladimi yoki boshqa chempionat bo‘ladimi, nufuzli turnirlar kerak. Bu tarkrorlanmas turnir va uni tez-tez o‘tkazish kerak.

Shuningdek, turnirning obro‘si uning tez-tez o‘tkazilishiga emas, sifatiga ham bog‘liq. Superkubok har yili, Uimbldon yoki Chempionlar Ligasi ham har yili o‘tkaziladi va ularni hamma hayajonlanib, intizorlik bilan kutadi”, – deya Infatino so‘zlaridan keltirmoqda Sky Sports.