Fin xalq maqollari

  • 06:59 / 12.03.2016
  • 12974

Finlyandiyaliklar mehnatsevarlikni qadrlaydilar, pul topishni va qanday dam olishni yaxshi biladilar. Finlar ko‘p gapirishmaydi, gapirganlarida ham qisqa va lo‘nda qilib fikrlarini bayon etishadi.

Biz ularning fe'l-atvorini ifodalovchi maqol va hikmatli iboralarini e'tiboringizga havola etamiz.

Birpas o‘tiramiz va besabrlikning o‘tib ketishini kutamiz.

Kuchuklar dunyoga tezda kelgani uchun ham ko‘zi yumuq bo‘ladi.

Zarurat bo‘lmasa erta turilmaydi.

Saunaga yetib bora oladigan odam undan foydalana oladi.

Ahmoq bosh butun tanaga azob beradi.

Buqani shoxidan, odamni esa so‘zidan ushlaydilar.

Birovni bir marta aldashing mumkin, o‘zingni esa bir umr aldaysan.

Odamning kiyimi ustidan emas o‘zidan kul.

Qahr va nafrat hammomda yonib ketadi.

Agar vino, qatron va sauna yordam bermagan bo‘lsa, demak kasallikni tuzatib bo‘lmaydi.

Sababi bo‘lmasa it burgaga bejizga hurmaydi.

Mehnat qil, rohatini keyin ko‘r.

Achinishni tekinga olamiz, hasad uchun esa ishlash kerak.

«Mana endi birgamiz», — debdi kampir bo‘ri bilan bir chohga tushib qolib.

Pulini bersang pop ham o‘yinga tushadi.

Dengizda falokat bo‘lganida quruqlikda aqllilar ko‘payadi.

Birovning mevali bog‘idan o‘tsang yo‘l ham qisqadek tuyuladi.

Men ishdan qo‘rqmayman – hattoki ishning yonida uxlashim ham mumkin.

Sauna — kambag‘al uchun shifoxona.

Intilganga tole kulib boqadi, dangasa esa faqat baxsizlikka duch keladi.

Daraxtni bir marta bolta urib yiqitib bo‘lmaydi.

Qayg‘u ichidagi oltindan quvonch ichidagi bir burda non yaxshi.

Har mamlakatda o‘z qoidalari bilan yashaydilar.