Finlyandiya yil oxirigacha mamlakatga kirishni cheklaydi

  • 22:21 / 22.09.2021
  • 133

Finlyandiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilgan mamlakatga kirish talablarini 2021-yil oxirigacha uzaytirmoqchi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi parlamentga infeksion kasaliklar haqidagi qonunlarni amal qilish muddatini cho‘zish haqida taklif kiritdi, deyiladi hukumat xabarlarida.

Shunday qilib, yil oxirigacha Finlyandiyaga 2005-yilda va undan oldin tug‘ilgan fuqarolardan kasallikni boshdan o‘tkazgani yoki vaksina olgani bo‘yicha sertifikat talab qilinadi.