Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlaringizdan qanday foydalanadi?

  • 12:15 / 26.09.2019
  • 1084

Ijtimoiy tarmoqlar siz haqingizdagi, shu jumladan firibgarlar foydalanishi mumkin bo‘lgan ulkan ma’lumot manbaidir. Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.

Nashrlar

мошенники

Foydalanuvchilar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlardan og‘zaki muloqot sifatida foydalanadi. Odatda biror bir narsa yoki xizmatlar – biror buyumni sotish, ijaraga berish, almashish va topishga harakat qilishadi. Bunday reklamalarda ko‘p ma’lumot yo‘qdek tuyulsa-da, u jinoyatchilar uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. Masalan, ular o‘qituvchi yoki ishchi niqobi ostida uyingizga kelishsa-chi?..

E’lonlar firibgarlar uchun yaxshi asos bo‘lib, ko‘pincha avtoulovlarni sotish to‘g‘risidagi xabarlardan keyin sodir bo‘ladi. Ular sizga qo‘ng‘iroq qilishadi va siz kimningdir mashinasini shikastlaganingizni, raqamini, rangini va taxminiy joyini aytadi. Ular pul to‘lashni taklif qiladi va militsiya tomonidan tahdid ham qilib ko‘radi. Soxta firibgar aldovga ishonishingiz uchun, hatto sizning mashinangizga ham zarar yetkazishi mumkin. Aslida esa, hech narsa sodir bo‘lmagan va barcha ma’lumotlar reklamadan olingan bo‘ladi.

Rasmlar

мошенники

Agar siz suratlaringizni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rsangiz, unda bu firibgar uchun juda yaxshi o‘lja. Bu, ayniqsa, hayotining har bir qismini suratlarga muhrlaydiganlar uchun to‘g‘ri keladi.

Mana buning isboti. Qiz ko‘pincha biror-bir klubga borar va doimiy ravishda u yerda tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylar edi. Kunlarning birida unga shunday xabar keladi: “Ajoyib, siz kecha “N” klubini “yondirdingiz”! Sasha buni bilib qolishidan qo‘rqmaysizmi? Albatta, qiz xavotirli ish qilmaganligini juda yaxshi bilardi. Lekin yigitning aniq ismi va klubning nomi uni havolani kuzatishga majbur qiladi. Natijada, telefonda kredit kartasidan barcha pullarni osongina olib qo‘yadigan virus paydo bo‘ldi. Hushyor bo‘ling, firibgarlar tuzog‘ga tushib qolmang!

Telefon raqamlari, manzillari, qarindoshlari

мошенники

Albatta, siz ijtimoiy tarmoqlarni o‘zingizning telefon raqamingizga ochmasligingiz, aniq manzil va boshqa aloqalarni ko‘rsatmasligingiz kerak. Bu josuslar uchun juda ko‘p imkon beradi. Do‘stlaringiz ro‘yxatida xavf bor. Masalan, firibgarlar sahifangizning nusxalarini yaratishi va sizning nomingizdan yaqinlaringizdan pul so‘rashi mumkin.