“Forbes” dunyodagi eng badavlat insonlar reytingini e’lon qildi 

  • 14:00 / 07.04.2021
  • 58

“Forbes” jurnali dunyo milliarderlari reytingini e’lon qildi. Reytingga 2 755 nafar milliarder kiritilgan.

“Amazon” asoschisi Jeff Bezos reytingdagi birinchilikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinni esa taniqli tadbirkor Ilon Mask band etgan. Mask bu borada o‘tgan yilgi o‘rnini biryo‘la 29 pog‘onaga yaxshilab olgan.

“LVMH” modalar uyi rahbari Bernar Arno kuchli uchlikni yakunlab berdi. To‘rtinchi o‘rinda Bill Geyts, beshinchi o‘rinda esa Mark Sukerbergni ko‘rish mumkin. 

Joriy yilda dunyo milliarderlarining umumiy boyligi $13,08 trillionni tashkil qilgan.

Teglar