“Formula 1”dan qiziqarli faktlar

  • 09:51 / 13.09.2019
  • 1099

Salkam yetmish yoshni “qarshilayotgan” maxsus avtomobillar poygasi haqida nimalarni bilamiz? Bu sport turi oʻz arenalarida millionlab, musobaqa kunlarida esa televizor qarshisiga bir necha oʻn millionlab muxlislarni toʻplaydi. Ammo u haqidagi qiziqarli faktlarga nima deysiz? Ehtimol bu faktlar ham, hech boʻlmaganda, oʻn yoki yigirma mingta oʻquvchini jalb qila olar...
Demak, boshladik!

Nega “Formula”?

Картинки по запросу “Formula 1”

Ushbu sport turining “Formula 1” deb nomlanishining oʻziga xos tarixi bor. Dastlabki musobaqalarda avtomobillarning hajmi va quvvati kabi oʻlchamlariga cheklovlar joriy qilinmagandi. Bu, keyinchalik texnika taraqqiyotidan soʻng turli noqulayliklarni keltirib chiqara boshladi. Buning ustiga oʻsha paytda musobaqa uchun maxsus avtodromlar tashkil etilmagan, jamoat yoʻllaridan foydalanilardi.

Natijada oʻsha paytda Boshqaruv kengashi avtomobilning dvigatel kuchi, vazni va boshqa oʻlchamlari jihatidan baʼzi cheklovlarni joriy qila boshladi. Yaʼni, endilikda ishlab chiqilgan formulalarga mos keladigan avtomobillargina musobaqada ishtirok etishlari mumkin boʻlardi. 

Похожее изображение

Gran-pri poyga qoidalari va zamon talablariga moslashtirildi. Ikkinchi Jahon urushidan keyinoq, ushbu avtomobil sporti xalqaro miqyosda – “Formula 1” nomi ostida oʻtkazila boshlandi.   

Keyinchalik oʻz qoidalari bilan “Formula  2” va “Formula 3” kabi birinchiliklar ham tashkil qilindi, ammo avvalgisi ommaviyligicha qoldi.

“Qirollik poygasi”

Soatiga 300 kilometrgacha boʻlgan tezlikni qayd etuvchi “Formula 1” musobaqalarining eng mashhuri bu “Qirollik poygasi” hisoblanadi. Unda musobaqa maxsus tayyorlangan trassalarda oʻtkaziladi. U yerdagi biror poygachi avtomobilga pul tikish yoki shunga oʻxshash oʻyinlar — shunchaki oʻyin-kulgu uchun, xolos. Asosiysi, siz trassaga kirib kelayotgan poygachi mashinalardan va poyga start olgandan soʻng ularning chaqmoq misol koʻz oldingizda bir paydo boʻlib, bir yoʻqolishidan oʻzgacha zavq olasiz. Bu jarayondan olgan taassurotingizni, keyinchalik ham, shunchaki unutib yuborolmaysiz, bu aniq!

Poygaga pul tikish uchun “kuchli futurolog” boʻlish kerakmi?

Похожее изображение

“Formula 1” va, umuman, poyga sporti turi ham qimor oʻyini kabi kishilarni “azart”ga olib keladigan sport turi hisoblanadi. Bukmeyker (pul tikib, totalizatorda ishtirok etuvchi)lar futbol yoki basketbol oʻyinlariga pul tikib oʻz omadlarini sinab koʻrishsada, poyga sport turida bu ancha yoʻqotishlarga olib kelishi mumkinligini bilishadi. Chunki bu sport turida oldindan qaysi ishtirokchi va uning avtomobiliga omad kulib boqishini, deyarli oʻyin oxirigacha taxmin qilish qiyin hisoblanadi. Undan tashqari gap soʻnggi koʻrsatkichlarni aniqlanayotgandagi daqiqaning mingdan biri ustida ketayotgan boʻlsa, buning uchun, albatta eng yuqori aniqlikda ishlaydigan apparatlar kerak boʻladi. 

Poygachi har musobaqada ikki kilogramgacha vazn yoʻqotadi!

Bir poyga davomida sportchi oʻrtacha 1,5-2 kilogramgacha vazn yoʻqotadi. Chunki u poyga davomida butun diqqat-eʼtiborini muvozanatni saqlashga va tezlikni nazorat qilishga qaratadi.

Shuningdek...

Poyga avtomashinalari shunday ishlab chiqiladiki, u soatiga 150 kilometr tezlikka erishishga sarflaydigan quvvati bilan, nazariy jihatdan qaraganda, turgan joyidan shiftgacha sakray oladi.
 

Poyga avtomobillarining imkoniyatlari shunchalik yuqori aniqlikda ishlab chiqiladiki, zero usiz ham boʻlmasdi. Soatiga 200 metr tezlikda harakatlanib ketayotgan poygachi avtomobili toʻxtab olishi uchun 50 metrlik masofa yetarli boʻladi.


“Pilot”ning xavfsizligi uchun kerakli choralar kщriladi. Yaʼni trassa maxsus qoplama bilan qoplanadi. Trassa chetlariga alohida himoya vositalari oʻrnatiladi. Ammo shunga qaramay poyga vaqtida sodir boʻladigan toʻqnashuvlarda poygachi avtomobillar haydovchilarining xavsizligini toʻla taʼminlash mushkul. Shu bois ham ushbu “sportkar”larda maxsus xavfsizlik tizimi va kamarlar “pilot”ga nafaqat omon qolishga, balki dahshatli toʻqnashuvlarda avtomatik ravishda    avtomobildan chiqib ketishiga yordam beradi. Va natijada sportchining shkastlanish ehtimoli kamayadi.