Fotosuratkash har bir suratdan ajoyib durdona asar yaratish mumkinligini isbotladi

  • 20:27 / 03.05.2019
  • 11043

Fotosuratchi uchun chiroyli suratni olish oson ish emas, ammo uni yaratish undan ham qiyin hisoblanadi. Ammo zamonaviy texnologiyalar ularga yordamga keladi va shu yerdan sehrgarlik boshlanadi. Minglab obunachilariga ega bo‘lgan va suratlarini har kuni millionlab insonlar tomosha qiladigan fotograf - Piter Styuart (Peter Stewart) haqiqiy fotoshop ustasi hisoblanadi. Fotosuratkash o‘z ishini san'at asariga aylantira oldi va suratlariga ishlov berishidan avval qanday ko‘rinishda bo‘lganligini ham ko‘rsatib o‘tdi.

“Men raqamli fotografiyaga bir oz fantastika va syurrealikni olib kirishga harakat qilaman”, - deydi Piter. U fotomuharrirlar suratlarni juda ham ta'sirchan va hayratlanarli qilishga yordam beradi va ularning qobiliyatidan foydalanish kerak, deb hisoblaydi.

Fotosuratchining bir necha ishlarini tomosha qilishingizni taklif etamiz va bu suratlar maxorat bilan yaratilganligiga ishonch hosil qilasiz degan umiddamiz.

Teglar