Fransiya Renault va Air France’ga bir shart bilan yordam beradi

  • 09:58 / 25.05.2020
  • 230

Fransiya hukumati koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan Air France va Renault’ga ba’zi shartlarni bajarish evaziga moliyaviy yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. 
Air France aviakompaniyasi davlat kreditlari bo‘yicha kafolat uchun ichki reyslar sonini kamaytirishi kerak.
Shu tariqa, kompaniya 2024-yilga borib uglerod dioksidi chiqindisini 50 foizga kamaytiradi.
Ichki reyslarning o‘rnini tezyurar poyezdlar egallashi kerak bo‘ladi. Hukumat aprel oyida 7 mlrd. yevro miqdorida yordam paketi berishini taklif qilgandi.
Renault avtokonserniga esa 5 mlrd. yevro yordam taklif qilindi. Buning evaziga kompaniya xorijdagi ishlab chiqarishni to‘xtatish va e’tiborini Fransiyada ishchi o‘rinlarini saqlab qolishi kerak bo‘ladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 15 foiz ulushi davlatga tegishli.
26-may kuni Fransiya avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat yordamini ochiqlashni rejalashtirmoqda.