Fransiyalik rassom san'at asarlarini ko‘chada yaratmoqda

  • 15:01 / 10.06.2019
  • 454

Fransiya – san'atga boy mamlakat. U hatto havoda ham uchib yuradi. Kunlarning birida bir rassom o‘z faoliyati chegarasini kengaytirishga qaror qildi. U o‘zining tor ustaxonasidan tashqariga chiqdi va ona shahriga o‘zgacha ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram/cal_dessins_and_co

U ko‘plab shaharlarda uchratish mumkin bo‘lgan ulkan plitalarni chiroyli suratlarga aylantiradi hamda o‘tkinchilar diqqatini o‘ziga tortib, ularni tabassum qilishga undaydi. Zamonaviy rassom iste'dodi chegara bilmaydi.

Foto: Instagram/cal_dessins_and_co

Tasavvuri yordamida yo‘lakdagi sariq barglar to‘plamini momiq to‘shakka aylantiradi.

Foto: Instagram/cal_dessins_and_co

Yosh yigit oddiy inson ko‘zi ilg‘amaydigan narsalarni ko‘ra oladi. Uning ishlari orqali shaharning unutilgan obidalari mehmonlar va mahalliy aholi e'tiborini o‘ziga jalb etadi.

Foto: Instagram/cal_dessins_and_co

Har bir rassom o‘z ishiga hajvdan hech bo‘lmasa bir shingil qo‘shadi. Uning betakror ishlariga bir nazar soling-a. Ular yordamida tosh plitalar bolalar kitoblaridagi rasmlarga aylanadi.

Foto: Instagram/cal_dessins_and_co

Bu iste'dod egasi hatto chiqindini ham san'at asariga aylantiradi. Ushbu suratni tomosha qilib, u qutini bu yerga ataylab olib kelgan deb o‘ylash mumkin, biroq bunday emas.

Foto: Instagram/cal_dessins_and_co
Foto: Instagram/cal_dessins_and_co

Xayolot – bizga g‘aroyib olamni kashf etishda yordam beradi.

Teglar