Fuqarolikni qayerda sotib olish mumkin?

  • 10:04 / 11.02.2019
  • 4326

 

Ayrim davlatlar yetarli pul va muayyan hududda jinoyatlar sodir etmaganlik sharti bilan fuqarolikni qo‘lga kiritish imkoniyatini taqdim etadi.

Shunday qilib ba'zi o‘ziga to‘q kishilar pasportlar to‘plamiga ega bo‘lishadi.

Ko‘pchilik mamlakatlarda buning uchun investitsion badal taklif etiladi. Unga mahalliy ko‘chmas mulkni sotib olish, qurilish, infratuzilmaga sarmoya kiritish yoki davlat tuzilmalariga xayriyalar kiradi.

Pasport qayerda qonuniy tarzda sotiladi?

Blumberg agentligi har bir odam fuqarosiga aylanishi mumkin bo‘lgan 10 ta davlat ro‘yxatini tuzdi (yetarli miqdorda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Eng muhimi, bu mamlakatlarni hatto geografiya fakulteti bitiruvchilarining hammasi ham eslay olishmaydi. Demak:

Avstriya – pasport AQSh pul birligida 23 mln 750 mingga teng. Fuqarolikning narxi bo‘yicha u yetakchi mamlakat. Shu bilan birga, xaridor daromadining to‘rtdan biri miqdoridagi shaxsiy soliq ko‘rinishidagi «bonus»ga ham ega bo‘ladi. Aytgancha, shaxsiy daromad va mamlakat hududidagi biznesga nisbatan soliqqa tortish ko‘plab «savdogar» mamlakatlarda mavjud.

Kipr – bu yerdagi narx 10 marta arzon. U 2 mln 375 ming dollarga, daromad solig‘i esa 10 foizga teng.

Malta va Turkiya bir qatorda, chunki narx 1 million bo‘lganida 65 ming dollarlik tafovut u qadar ahamiyatli emas. Soliq masalasida esa bari qiziq: Turkiyada har bir shaxsdan 35 foiz ushlab qolinadi, Maltada esa yangi fuqaroning tashkiloti daromadlaridan.

Vanuatu – soliqlarsiz jannat, narx – 226 ming 500 AQSh dollari.

Grenada –208 ming 250 AQSh dollari  va shaxsiy daromadlardan 12 foiz.

Sent-Kits va Nevis – o‘z fuqaroligi bilan 1984 yildan beri kulgili narx - 150 ming dollarga savdo qiladi.

Sent-Lyusiya, Dominika, Antigua va Barbuda – yangi fuqarolarni soliqqa tortishni istamaydigan yana 3 davlat. Pasport xarid qilinishi ularning budjeti uchun katta hissa qo‘shish bo‘ladi. Bu yerda pasport 100 ming dollar turadi.


Teglar