FVV yong‘in xavfsizligi sohasida Koreyaning ixtisoslashgan tuzilmasi bilan hamkorlikni kengaytiradi

  • 15:57 / 25.05.2020
  • 61

Foto: O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

23-may kuni Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Koreya Respublikasining Koreya sanoat va texnologiya yong‘in instituti o‘rtasida favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlariga muvofiq ikki mamlakat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatishga qaratilgan.

Memorandum doirasida hamkorlikdagi tadbirlar, tadqiqotlar o‘tkazish, standartlashtirish, yong‘in-texnik va qutqaruv anjomlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro aloqa yo‘nalishlari o‘rganilishini ta’minlash hamda mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida tajriba almashish ko‘zda tutilgan.