Gabriel Garsia Markesdan qiyin vaqtlarga bag‘ishlangan 15 ta maslahat

  • 11:11 / 02.08.2015
  • 14071

Markes uni mashhur qilib yuborgan va jahon adabiyoti durdonasiga aylangan “Yolg‘izlikning yuz yili” asarini yozayotgan damda ishidan voz kechishga, mashinasini garovga qo‘yishga va katta qarzga kirib qolishga majbur bo‘lgan. Shunday paytda u hatto turmush o‘rtog‘i Mersedesning feni va mikserini ham  garovga qo‘ygan. Buni bilgan ayoli unga “Faqat romanning yaxshi chiqmasligi qoldi”, degan.

Hozir buyuk yozuvchining, aytish mumkin bo‘lsa murakkab damlar nima ekanligini bilgan insonning maslahatlarini sizga taqdim qilmoqchimiz.

1. Senda qachonlardir bo‘lgan va hozir ham qayerdadir ichingdagi bolakayning ovoziga quloq solishing kerak. Agar unga quloq solsak, ko‘zlarimiz yana charaqlay boshlaydi. Agar o‘sha bolakay bilan aloqalarni uzmasak, hayot bilan ham aloqamiz saqlanib qolaveradi.

2. Xotirjam bo‘l. O‘lish o‘ylaganingizdan ko‘ra mushkulroq.

3. Yashashni davom ettirishning yagona usuli – xotiralarning seni azoblashiga yo‘l qo‘ymaslik.

4. Jamiyat hayotidagi asosiy narsa – qo‘rquvni boshqarish, er-xotinlarning hayotidagi asosiy narsa – zerikishni boshqarish.

5. Asosiysi sening ishonmasligingda emas, balki xudoning senga ishonishni davom ettirishidadir.

6. Men shlyapani kimningdir oldida yechmaslik uchun kiymayman.

7. Har qanday tentak, agar uning vajlarini eshitadigan bo‘lsak, tentak bo‘lib chiqmaydi.

8. Agar ayol kishi nimagadir qiziqayotgan bo‘lsa, aminmanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Menga ayonki, dunyoni ayollar boshqaradi.

9. Buyuk musibatlar hamisha buyuk farovonlik olib keladi. Ular insonni yashashni istashga majbur qiladi.

10. Hech qachon kech bo‘lmaydi.

11. Taklifni kutgandan ko‘ra, vaqtida kelmagan yaxshiroq.

12. Yarashish daqiqalari qadrdon do‘stlikdan ortiq turadi.

13. Agarda siz haqiqiy muhabbatingizni uchratgan bo‘lsangiz, u sizni hech qachon tark etmaydi – bir hafta, bir oy yoki bir yilgan keyin ham.

14. O‘zingiz sevgan inson bilan uxlash baxtini his qilmay turib, bu dunyoni aslo tark etmang.

15. Tabassum qiling, g‘amning huzur qilishiga yo‘l qo‘ymang.