Galaktika markazida sirli yirik obektlar topildi

  • 12:44 / 22.03.2019
  • 6303
Foto: NASA Goddard Space Flight Center

Xalqaro astronomlar guruhi Somon yo‘lida yangi tuzilmalarni kashf etishdi, ularning kelib chiqishi noma'lum bo‘lib turibdi. Quvurlarni eslatuvchi bu shakllar «dudburonlar» deb nomlandi, ular Fermi pufagi bilan bog‘liq - galaktika yuzasining har ikki tomonida joylashgan, zaif rentgen nurlanishining ikkita yirik hududi. Bu haqda Science News nashri xabar bermoqda.

Foto: Gabriele Ponti/MPE/INAF and Mark Morris/UCLA

Tuzilmalar XMM-Newton kosmik rentgen teleskopi yordamida topildi. Ularning kengligi 300 yorug‘lik yiliga teng bo‘lib, yorqinroq rentgen nurlanishiga ega hamda galaktika yuzasi yaqinida joylashgan. Olimlar so‘zlariga ko‘ra, obektlar o‘ziga xos «chiqarish teshiklari» bo‘lib, ular orqali Somon yo‘li markazidan energiya Fermi pufaklari asosiga yetib boradi. Biroq, bu quvurlarning kelib chiqishi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.

Foto: ESA, XMM-Newton, G. Ponti et al., Gaia, DPAC

Fermi pufaklari haqida birinchi marta 2010 yilda ma'lumot berilgan. Ularning diametri 25 ming yorug‘lik yiliga teng, bu kichik galaktika hajmi bilan bir degani. 2011 yilda astronomlar ular galaktikamiz markazidagi supermassali qora tuynuk - Qavs A* faolligi tufayli kelib chiqqan, degan taxminga borishdi. Gipotezaga ko‘ra, Qavs yulduzni ushlab olganida, materialning bir qismi protonlar shaklida kosmosga chiqarib yuboriladi, ular yulduzlararo gazni bomba sifatida yog‘diradi hamda uni elektron nurlari chiqarishga majburlaydi. O‘z navbatida, elektronlar rentgen diapazonida fotonlar chiqaradi.