Galaxy A50 ommabop smartfoni ishlab chiqarilishi davom ettiriladi

  • 13:06 / 03.11.2019
  • 718

Foto: Ferra.ru

Samsung kompaniyasi tomonidan yil boshida taqdim etilgan Galaxy A50 smartfoni chinakamiga mashhur qurilmaga aylandi. Chunki, kompaniya ichi turli yangi texnologiyalar bilan boyitilgan smartfon yaratishga muvaffaq bo‘lgan edi. Mazkur zamonaviy qurilmaning narxi ham u darajada qimmat emas. 

Yangi avlod smartfonlari ishlab chiqarilmoqda

Galaxy A50 mobil qurilmasi 2020-yilni kutib o‘tirmay ommabop smartfonlar qatoridan munosib joy egalladi. Bundan “ilhomlangan” kompaniya yangi avlod qurilmalarini ishlab chiqarishni boshlab yubordi. Galaxy A50 joriy yilning fevral oyi oxirlarida namoyish qilingan bo‘lsa, Galaxy A51 turkumini allaqachon ishlab chiqarish boshlangan. 

Xabarda ma’lum qilinishicha, smartfon ishlab chiqarilishi Hindiston hududida boshlangan va yangi qurilmaning anonsi ham aynan ushbu davlatda bo‘lib o‘tadi.

Galaxy A51 avvalgi qurilmalardan ko‘p ham farqlanmaydi. Ammo bu smartfonga Exynos 9611 protsessori o‘rnatilgan. Mazkur qurilma qandaydir bir kutilmagan dasturiy xususiyatlari bilan hammani lol qoldirishi kutilmoqda.