Gastronomik sayohat: dunyodagi mamlakatlar nonushtalari

  • 07:08 / 05.03.2019
  • 2797

Har bir tong yegulik tanovuli bilan boshlanadi. Sayyoraning barcha qismidagi odamlar ular qayerda yashashidan qat'i nazar nonushta qilishadi. Albatta taom va mahsulotlar to‘plami hamma joyda har xil: masalan, AQShda bir necha quymoq va bekon bo‘laklari bilan cheklanishadi, Tailandda esa guruchni cho‘chqa va baliq go‘shti bilan iste'mol qilishni afzal ko‘rishadi. Axir aytishadi-ku, hammaning ta'bi turlicha. Sizni dunyo mamlakatlariga xos bo‘lgan nonushtalar bilan tanishishga taklif etamiz.

Sayohatimizni Angliyadan boshlaymiz. Tumanli Albion aholisi to‘yimli nonushtani xush ko‘radi. Uning to‘plami bir necha qoshiq dukkaklilar, bir-ikkita sosiska, qovurilgan bekon bo‘laklari, bir dona tuxum va qo‘ziqorinlarni o‘z ichiga oladi. Bularning bari bitta likopga sig‘adi. Choyga tostlar ham tortiladi.

Nemis nonushtasi ham o‘ziga xos. U mahalliy kolbasa, pishloq va yangi nondan iborat. Bularning bari xushbo‘y qahva bilan birga iste'mol qilinadi.

Fransuzlar miqdorga qaraganda sifatni afzal bilishadi. Tongda kruassanlarni ko‘pincha shokolad bo‘lagi va sariyog‘ bilan birga iste'mol qilishadi.

Shved nonushtasi rezavor mevali qo‘shimchaga ega quymoq bo‘lib, u noodatiy so‘z bilan «pannkakor» deb ataladi.

Polshaliklar tongda yaxshi pishmagan tuxum, kartoshkali quymoq va qovurilgan kolbasa bo‘laklari bilan nonushta qilishadi.

Sayyoraning qarama-qarshi qismida, masalan Eronda nonushtaga albatta sariyog‘ va murabbo bilan bug‘doyli non tanovul qilishadi. Taomlar to‘plami bug‘doy, dolchin, yog‘ va shakar qo‘shib tayyorlangan halim tayyorlanishi bilan kengayadi. Bularga qo‘shimcha tarzda go‘sht bo‘lagi ham. Halim mazali va issiq. Stolda eroncha omlet ham ortiqchalik qilmaydi.

Filippincha nonushta sarimsoq bo‘laklari bilan qovurilgan bir necha kichik sosiskadan iborat. U «sinangag» deb ataladi. Ular barglarga o‘ralgan qaynatilgan guruch bilan birga tortiladi. Ertalabki taom tanovuli tuxum va loviyani ham o‘z ichiga oladi. Tonggi nonushta mahalliy mevalar bo‘laklari bilan yakunlanadi.

Avstraliyaliklar tostlarni Vegemite pastasi bilan birga tortishadi.

Yaponlar guruchni baliq yoki tofu va soya qaylasi bilan birga taklif etishadi.

Tailandda guruchni mazasi shirin bo‘lgan baliq va cho‘chqa go‘shti bilan birga tortishadi.

Misrda «Madamas» iste'mol qilib ko‘rishga tayyorlaning. Qaynatilgan tuxum madamasga qo‘shimcha bo‘ladi.

Hind taomlari odatda ko‘plab ziravorlarga boy bo‘ladi. Nonushtaga odatiy qovurilgan kartoshkadan tashqari sabzavotli sosiskalar va bananli tostlar ham tortiladi. Bularning bari ziravorli ta'mga boy bo‘ladi.

 

 


Teglar