GFR hukumati COVID-19’ga qarshi emdori ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritadi  

  • 11:19 / 16.06.2020
  • 411

Regnum axborot agentligining xabar berishicha, Germaniya hukumati yangi koronavirusga qarshi emdori ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan CureVac  kompaniyasi rivoji uchun 300 million yevro ajratadi. Bu haqda 15-iyun kuni GFR iqtisod va energetika vazirligi ma’lum qilgan
Bu farmatsevtik kompaniya Tyubingenda joylashgan. Kompaniyaning 23 foiz ulushi davlat tasarrufidagi KfW bank guruhida.
Vazir Peter Altmayerning aytishicha, CureVac texnologiyalaridan yangi emdori yaratish, davolash usullarini ishlab chiqish va bozorni ta’minlashda foydalanish mumkin. Dastlabki klinik tajribalar may oyida kompaniya tomonidan COVID-19’ga qarshi emdori klinikagacha bo‘lgan boshqichlardan samarali o‘tganligi, ko‘ngillilar jalb qilingan dastlabki klinik sinovlar iyun oyida boshlanishi ma’lum qilingan edi.  

Teglar