Global isish tufayli baliqlar tobora zaharli tus olmoqda 

  • 09:53 / 10.08.2019
  • 562

Iqlim “aqldan ozmoqda”. Anomal isish, jala va hatto anomal qahraton ham — bularning bari global isish oqibatlaridir. Global isish tufayli eriyotgan muzliklar atmosferada sovuq havoni bizga olib keluvchi yangi siklonlarni paydo qiladi.

Картинки по запросу Из-за глобального потепления рыба становится все более ядовитой

Iqlim o‘zgarishi turli mintaqalarning flora va faunasiga ham oʻz ta’sirini o‘tkazyapti. Dengiz jonzotlarida metilsimob tobora koʻpaymoqda. Gap simobli chiqindilarda emas. Soʻnggi vaqtlarda ekologik nazorat tufayli u kamaymoqda, ammo muammo shundaki, suv isiyotgani baliqning koʻp ovqatlanishiga olib keladi. Shuningdek, uning joydan joyga koʻchishiga va bular sabab oʻz toʻqimalariga tobora koʻproq zaharli moddalarni toʻplashiga sabab bo‘lmoqda.

Похожее изображение

Bu ayniqsa, mayda baliqlar bilan oziqlanadigan yirtqich baliqlarga tegishli. Shuning sabab shifokorlar uzoq umr koʻruvchi yirtqichlar —  akula, qilich baliq, qirollik skumbriyasi va moyli baliqni isteʼmol qilmaslikni maslahat berishadi. Bu ayniqchsa homilador ayollar  va kichik yoshdagi bolalar uchun muhim. Chunki rivojlanayotan asab tizimi simobning zaharli moddalariga juda taʼsirchan bo‘ladi.

Shunga qaramay, dengiz mahsulotlarining salomatlik uchun muhimligini tan olib, mutaxassislar tarkibida simob darajasi past boʻlgan baliq turlari – krevetka, losos, mintay va somni isteʼmol qilishni tavsiya etishadi.