Global isish va odamlardan quruqlikdagi jonivorlarga qaraganda dengiz faunasi ko‘proq aziyat chekadi

  • 22:44 / 08.06.2019
  • 123

Amerikalik olimlar tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot iqlim o‘zgarishlari va antropogen ta'sir quruqlikdagi jonzotlarga qaraganda dengizdagilariga ko‘proq aziyat yetkazishini ko‘rsatdi. So‘nggi 500 yil ichida yo‘qolgan turlar miqdori va sur'atini taqqoslab paleontologlar quruqlikda u yaqqol namoyon bo‘lmagani, dengiz va okeanlarda esa jami turlarning 50 foizdan ortig‘ining yashash maydoni ancha qisqarganini aniqlashdi.

Foto: TravelAsk

Tadqiqotda gap u yoki bu turlar sonining qisqarishi hamda butunlay yo‘qolishi haqida ketmoqda. Palentologlarning qayd etishicha, so‘nggi 500 yil ichida sayyoramiz hayvonot olamiga antropogen ta'sir darajasi ancha ortdi. Inson nafaqat Tinch okeanining ulkan miqdordagi bioresurslarini iste'moldan chiqarmoqda, balki dengiz turlari yashash muhitini ham ifloslantirmoqda. Quruqlikdagi fauna xuddi shunday sharoitda ekaniga qaramay, uning holati ancha yaxshi. Agar okeanda jami turlarning yarmi degradatsiyaga uchragan bo‘lsa, quruqlikda bu ko‘rsatkich 1/3 ko‘rsatkichdan oshmaydi. Mutaxassislar suv haroratining ortishini ayni holatning sababi sifatida ko‘rishmoqda. Dengiz jonzotlari bunga nisbatan kuchsiz. Ular quruqlikdagi turlarga qaraganda kamroq moslashuvchan. Odamlarning turlar qirilib ketishiga turlicha munosabati ham ahamiyatli omil sanaladi. Ko‘pchilik o‘nlab noyob va qo‘riqlanadigan hayvon va qushlarning nomini ayta oladi, biroq dengiz faunasining yo‘qolib borayotgan turlarini aytib o‘tish qiyinchilik tug‘diradi. Tinch okeani hali ham baliq, krevetka va mollyuskalarning bitmas-tuganmas manbai sifatida qabul qilinadi. Aslida esa bu kabi iste'molchilik munosabatini o‘zgartirish vaqti allaqachon kelgan.

Foto: TravelAsk

Dengiz turlarining keskin qisqarishi yanada ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etadi. Mutaxassislar dengiz mavjudotlarining qirilib bitish sur'ati yuqori ekani, insoniyat u yoki bu turning mavjudligini faqatgina paleontologik qazishlar natijasida bilishi mumkinligi ehtimoli yuqori ekanini aytishmoqda.

Teglar