GMC yangilangan yo‘ltanlamasini namoyish etdi

  • 12:30 / 25.03.2021
  • 41

AQShning GMC avtokorxonasi o‘zining yangilangan GMC Terrain modelini internet tarmoqlarida namoyish qildi. 

Yangilangan modelning kuzovi qo‘shimcha elementlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari, avtoulovning old qismi qo‘shimcha po‘lat himoyalagich bilan mustahkamlangan. Shuningdek, har qanday yo‘llarda yurish uchun katta o‘lchamdagi shinalar o‘rnatilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu mashina to‘rt xil rangda ishlab chiqariladi. Unda Apple CarPlay va Android avtomatik tizimlari ham joriy qilingan. 

GMC Terrain 170 va 252 ot kuchiga ega. 2,0 litr hajmli dvigatel o‘rnatilgan.