Goa plastik idishlarga qarshi kurashmoqda

  • 12:57 / 03.12.2019
  • 28

Goa – Hindistonning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri bo‘lib, yaqin orada “yashil turizm”ning timsoliga aylanishi mumkin. Yaqinda davlat turizmiga mas’ul bo‘lgan Goa turizmni rivojlantirish korporatsiyasi (GTDC) bir marta ishlatiladigan plastik mahsulotlarga taqiq qo‘yilishini e’lon qildi.

Endi Goa shahrida sayyohlarga plastik qoshiq, vilka va boshqa idishlardan foydalanish taqiqlanadi. Ushbu qoida nafaqat GTDC mehmonxonalari va restoranlariga, balki barcha korporatsiyalarning ofislariga ham tegishli. Barcha plastik idishlar shisha va qog‘oz bilan almashtiriladi. Bundan tashqari, ko‘p joylarda plastik idishli suvlardan foydalanishni kamaytirish uchun filtrlar va suv sovutgichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Гоа

Yangilik hukumatga dasturni amalga oshirish uchun yordam berishi kerak, unga ko‘ra, 2022-yilga qadar davlatni butunlay plastikdan xalos qilish rejalashtirilgan. Davlat bunday majburiyatlarni 2018-yilda o‘z zimmasiga olgan.

GTDC raisi Dayanand Sopte shtat bo‘ylab plastik mahsulotlarni yo‘q qilish qarori Goani ekologik toza dam olish maskaniga aylantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, plastik chiqindilarning ko‘payishi deyarli barcha davlatlar duch keladigan asosiy muammolardan biriga aylandi.

пластиковые вилки

Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi vaqtda plastik idishlar okeandagi barcha chiqindilarning 20 foizini tashkil qiladi. Ularning katta qismi turizm sanoatining ulushiga to‘g‘ri keladi. 

пластик отходы

Bugungi kunda turizm sohasidagi ko‘plab muhim kompaniyalar atrof-muhitni saqlash choralarini ko‘rmoqdalar. O‘tgan yilning may oyida Alaska Airlines aviakompaniyasi samolyotlarda plastik idishlardan foydalanishni to‘xtatgan kompaniyalar orasida birinchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, aviakompaniya eko-sayohatni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga aylantirdi. Hozirda Air New Zealand, Qantas yoki American Airlines aviakompaniyalari ham bu ishlarni amalga oshirmoqda.

Alaska Airlines

Italiyaning Tremiti orollarida plastik idishlardan foydalanishga taqiq joriy etilgan. Qoidabuzarlarga 50 dan 600 dollargacha jarima solinadi va o‘z vaqtida to‘lash kerak bo‘ladi.

острова Тремити